Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi

A A A
Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi

“Nogironlik pensiyalari va kompensasiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensasiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

🔹 fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;

🔹 ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensasiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;

🔹 nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.

❇️ 2025 yil 1 oktyabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikasiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 09:46 29.05.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!