Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Respublika savdo yarmarkasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Respublika savdo yarmarkasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Biz birgamiz ijtimoiy loyihasi doirasida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ekobozor savdo majmuasida tashkil qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Respublika savdo yarmarkasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Savdo yarmarkasi doirasida ECOBOZOR savdo majmuasida maxsus savdo rastalari tashkil etildi. Unda o‘z uylarida turgan holda turli xildagi buyumlar, mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq o‘z mahsulotlarini realizasiya qilishda turli qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlari sotilmoqda.

Adliya vazirligi barchani ushbu Savdo yarmarkasida ishtirok etishga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ehtiyojlarini qondirish, jumladan yashash sharoitlarini yaxshilashga ozgina bo‘lsada o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiradi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan maxsulotlar Respublika savdo yarmarkasi bugun soat 19:00 ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ekobozor savdo majmuasida davom etadi.

Kiritildi: 11:11 22.04.2019. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!