Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka olgan oilalarga to‘lanadigan to‘lovlar 2 mln 450 ming so‘mgacha yetkaziladi

A A A
Nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka olgan oilalarga to‘lanadigan to‘lovlar 2 mln 450 ming so‘mgacha yetkaziladi


🗓 2022 yil 1 sentyabrdan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi.

🔰 2021 yil 1 sentyabrdan:

👉 yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi;

👉 texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi;

👉 o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarda o‘qish xarajatlari bir yilda BHMning 20 baravarigacha (4 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda kompensasiya qilinadi;

👉 o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi.

🎓 2021/2022 o‘quv yilidan OTMga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha ravishda 1 foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.

🏦 2021 yil 1 sentyabrdan o‘quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar navbatsiz beriladi.

💰 2021 yil 1 sentyabrdan nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga to‘lanadigan to‘lovlar BHMning 10 baravarigacha (2 mln 450 ming so‘mgacha) yetkaziladi.

📌 Og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning xorijiy davlatlardagi jarrohlik operasiyalari bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq miqdorda kompensasiya qilinadi.

Kiritildi: 11:30 11.08.2021. O'qildi: 1563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!