Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Nodirbek Abdusattorov bugun "Aimchess Rapid" turniridagi ishtirokini boshlaydi

A A A
Nodirbek Abdusattorov bugun "Aimchess Rapid" turniridagi ishtirokini boshlaydi

Bugun "Aimchess Rapid" onlayn turnirining to‘rtinchi bosqichi start oladi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov mazkur musobaqaning eng yuqori - 1-divizionida ishtirok etmoqda.

Mazkur divizonda Nodirbekdan tashqari So Uesli, Vladimir Fedoseev, Levon Aronian, Fabiano Karuana, Eduardo Bonelli, Yorden van Forest va Magnus Karlsen kabi grossmeysterlarni ko‘rishimiz mumkin.

Olimpiya tizimida o‘tkaziladigan mazkur musobaqani Abdusattorov amerikalik Uesli Soga qarshi boshlaydi. Mazkur juftlik g‘olibi yarim finalda Fedoseev/Aronian to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi bahs yuritadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Kiritildi: 17:37 10.07.2023. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!