Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi

A A A
Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi

“Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4754-son, 17.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida:

Davlat bojxona qo‘mitasi, Davergeodezkadastr, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi;

* jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida o‘z huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyasiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Mazkur tartib jismoniy va yuridik shaxslarning bunday ishlar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.

Qaror bilan Apellyasiya kengashining asosiy vazifalari belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish Apellyasiya kengashining vazifalaridan biridir.
 

Kiritildi: 09:04 18.06.2020. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!