Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og‘ir kechmoqda?

Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og‘ir kechmoqda?

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koroanvirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytardi.

 — Nima uchun semizlik tashxisi bor bemorlarda koronovirus og‘ir kechmoqda? 

— To‘qimalar va organlarda ortiqcha yog‘ borligi semizlik deyiladi. Bu dard sog‘liqni saqlash sohasidagi eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib, uning zaminida yuzaga kelgan kasalliklardan har yili taxminan 2,5 million kishining bevaqt vafot etishiga sabab bo‘ladi. 

Olimlarning ta’kidlashicha, tana vaznidan ortiqcha har 10 kilogram  insonning umr ko‘rish muddatini 3 yilga qisqartiradi. Semizlikning bir necha turlari bor: birlamchi, gipotalamo va endokrin. 

Birlamchi semizlik tez-tez ortiqcha yegulik yeyish bilan va zarur jismoniy faoliyat yo‘qligi bilan rivojlanadi. Gipatalomo semizlikda miyaning gormonlar ishlab chiqarishi buzilganda rivojlanadi. Endokrin  semizlikda organizmdagi bezlar buzilishi fonida shallanadi. 

Semizlik natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi: qandli diabetning 2 turi, saraton, og‘ir yurak qon tomir kasalliklari, tomirlarning varikoz kengayishi, qo‘shma kasalliklar va boshqalar. Ushbu davrda organizmda modda almashinuvi buziladi. 

Semizlik tashxisi bor bemorlar  koronovirusga chalinsalar, ularning hamrox kasalliklari ham zo‘rayadi va organizm kurashish qobiliyati susayadi. Ular bunday davrda barcha infeksiyalarni yuqtirishga moyil bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bunday kasallarda kasallik ko‘pincha og‘ir kechadi.  

Kiritildi: 16:50 17.10.2020. O'qildi: 1965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!