Sud qaroriga ko‘ra, asosiy sabablardan biri: universitet o‘qish binolariga o‘z huquqi borligini isbotlay olmagani bo‘lgan. Ularning na o‘z binolari, na ijara shartnomalari mavjud edi.
@SputnikUzbek ma’lumotiga ko‘ra, universitetda dars o‘tkazish uchun zaruriy o‘qitish materiallari va jihozlari yetishmagan.
Shuningdek, universitetda yetarli miqdorda malakali o‘qituvchilar bo‘lmagan. Talabalarni qabul qilish jarayonida ham ko‘plab qoida buzilishlari kuzatilgan.
Bundan tashqari, o‘quv muassasalari uchun majburiy bo‘lgan yashash joyi va tibbiy punkt ham ta’minlanmagan.