Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Nigeriyaning shimolida kamida 100 kishi jangarilar hujumidan halok bo‘ldi

A A A
Nigeriyaning shimolida kamida 100 kishi jangarilar hujumidan halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimolida Kasina shtatida noma’lum qurollangan kimsalar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi soni 100 kishiga yetdi, deb yozmoqda mamlakatda chiqadigan Vanguard gazetasi.

Xabarda aytilishicha, kamida 500 ga yaqin bosqinchi Bakori tumanidagi qishloqlarning biriga hujum uyushtirgan. Jangarilar o‘zlari bilan yirik shoxli qoramollar va qo‘ylarni haydab ketgan. Gazetaning yozishicha, ayni paytda mahalliy ko‘ngillilar guruhi bosqinchilarning ortidan borib, ular bilan jangga kirishgan, deyiladi TASS agentligi bergan xabarda.

Kiritildi: 07:13 08.02.2023. O'qildi: 1680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!