Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Nigeriyada to‘ntarish rejasi: sobiq general va polisiya inspektori davlatga xiyonatda ayblandi

Nigeriyada to‘ntarish rejasi: sobiq general va polisiya inspektori davlatga xiyonatda ayblandi

Nigeriyada davlat to‘ntarishi urinishi bilan bog‘liq ishda 6 nafar shaxsga terrorizm va davlatga xiyonat ayblovi qo‘yildi. Ular mamlakat prezidenti Bola Tinubu hokimiyatini ag‘darishga qaratilgan rejada ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

Ayblanuvchilar orasida iste’foga chiqqan general-mayor hamda hozirda xizmat qilayotgan polisiya inspektori borligi ma’lum qilingan. Huquq-tartibot organlari ularning barchasini hibsga olgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda. Rasmiylar bu ish davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida baholanayotganini bildirishdi. Sud jarayonlari yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:51. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!