Nigeriya markazidagi suv toshqinlari qurbonlari soni 117 kishiga yetdi.
Bu haqda Niger davlat favqulodda xizmati rahbari Ibrohim Husayniy xabar berdi.
May oyi oxirida Nigeriyada davom etgan yomg‘ir Mokva tumanida suv toshqiniga olib keldi. Xizmat rahbari Ibrohim Husayniyning aytishicha, jabrlanganlarga Mokva shahridagi markaziy mehmonxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Suv toshqini natijasida 50 ta uy aholisi bilan birga suv ostida qolgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.