Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Nigeriyada jangarilar qishloqni talon-taroj qilib, 160 nafar mahalliy aholini o‘g‘irlab ketdi

Nigeriyada jangarilar qishloqni talon-taroj qilib, 160 nafar mahalliy aholini o‘g‘irlab ketdi

Nigeriyaning Niger shtati markazidagi qishloqqa jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujumda kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 160 kishi o‘g‘irlab ketildi, deya xabar beradi mahalliy hukumat BBCga.

«Boko Haram» islomiy guruhidan ekani taxmin qilingan qurolli jangarilar juma kuni kechqurun Kuchi qishlog‘iga kirib keldi, dedi BBC Jahon xizmatiga mahalliy kengash raisi Aminu Abdulhamid Najume.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlanganlar orasida asosan ayollar va bolalar, halok bo‘lganlar orasida hudud xavfsizligini ta’minlagan mahalliy aholi ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar qishloqqa mototsikllarda kirib, unda ikki soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazgan va shu vaqt ichida o‘zlari uchun ovqat tayyorlashga muvaffaq bo‘lishgan. Shundan so‘ng ular uylarni talon-taroj qilishdi va mahalliy aholini olib ketishdi.

Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkiloti ommaviy o‘g‘irlashdan chuqur xavotirda ekanini aytdi.

Kiritildi: 10:59 27.05.2024. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!