Niderlandiyaning Breda shahrida erkak kishi ichida to‘rt, olti va o‘n yoshli uch bolasi bo‘lgan BMW avtomobilini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda NL Times nashri xabar bermoqda.
Voqea 20 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 5:00 atrofida, oila Avstriyada dam olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Bolalar xavfsizlik kamarlarini bog‘lashgan va ota-onalar eshikni yopish uchun qisqa vaqt ichida uyga qaytishgan. Shu payt noma’lum erkak mashinaga bostirib kirib, Belgiya chegarasi tomon yo‘l oldi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘ri 36 yoshli, doimiy manzili bo‘lmagan va ilgari sudlangan shaxs bo‘lgan. Videokuzatuv kameralari uning ryukzak bilan mashinaga yaqinlashib, ichkariga kirganini tasvirga olgan.
"Mashinani o‘g‘irlash dahshatli. Lekin orqa o‘rindiqda uchta bola o‘tirganida, ichida nimadir sinadi... Yo‘lni to‘sish uchun qizimni mashinam oldiga tashladi. U juda tez haydab ketayotgan edi", - deya otasining so‘zlarini keltiradi gazeta.
Taxminan 700 metr yurgan o‘g‘ri to‘xtab, bolalarni tashqariga itarib yuborgan. Bolalar sog‘-salomat bo‘lib, o‘sha kuniyoq uylariga qaytishdi.
Bir necha soatdan keyin oilaga Belgiya polisiyasidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Ularning BMW mashinasi ichida qolgan iPad tufayli topilgan. Erkak hibsga olingan va hozir uni Niderlandiyaga olib borishga tayyorlanmoqda. Polisiya fikricha, o‘g‘ri shunchaki vaziyatdan foydalangan va bolalarga zarar yetkazish niyatida emas edi.