Bugun 3 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Niderlandiya polisiyasi halokatli otishma ortidan 34 kishini hibsga oldi

Niderlandiya polisiyasi halokatli otishma ortidan 34 kishini hibsga oldi

Niderlandiya polisiyasi Overasselt qishlog‘ida bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishma ortidan 34 kishini hibsga oldi.

Hibsga olinganlar orasida Fransiya, Jazoir, Belgiya va Niderlandiya fuqarolari bor.

Xabarlarga ko‘ra, bugun ertalab Amsterdamdan taxminan 135 kilometr janubi-sharqda joylashgan Overasseltda otishma sodir bo‘lgan, natijada bir kishi halok bo‘lgan va ikki polisiya xodimi yaralangan. Ular kasalxonada davolanmoqda.

Videokuzatuv yozuvlarida chang‘i niqoblari kiygan taxminan 30 nafar qurollangan odam ko‘chada yurib, o‘t ochib, keyin voqea joyidan qochib ketayotgani ko‘rsatilgan.

Polisiya mahalliy aholini vaqtincha uyda qolishga chaqirib, hududda keng ko‘lamli operasiya boshladi.

Niderlandiya milliy polisiyasi boshlig‘i Jenni Knol ijtimoiy tarmoq sahifasida "ko‘p sonli" gumondorlar allaqachon hibsga olinganini e’lon qildi.

Kiritildi: 09:50 02.09.2026. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!