Bugun 17 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Niderlandiya Isroil aralashuviga qarshi

Niderlandiya Isroil aralashuviga qarshi

Niderlandiya xavfsizlik bo‘linmalari Isroilning mamlakat ichki siyosatiga aralashuvidan xavotir bildirdi.

De Volkskrant gazetasi nashriga ko‘ra, Isroilning Diaspora va antisemitizmga qarshi kurash vazirligi Niderlandiya deputatlariga Amsterdamdagi Isroilning «Makkabi» futbol klubi muxlislari bilan bog‘liq zo‘ravonliklar haqidagi «maxsus hisobot»ni topshirdi.

Isroil diasporasi ishlari vaziri Amichai Chikli De Telegraaf nashriga bergan intervyusida «terrorchilik tarmog‘i»ni yo‘q qilish va aybdorlarni deportasiya qilish zarurligi haqida gapirdi. U, shuningdek, Niderlandiyani qattiq qonuniy choralar ko‘rishga chaqirdi.

❕ Biroq, Gollandiya vazirliklaridagi yuqori martabali manbalar bu vaziyatni nomaqbul aralashuv deb atadi. Ba’zi xavfsizlik xodimlari byurokratik darajada xavotir bildirishdi, Klingendael instituti eksperti «shoshilinch tayyorlangan hisobotlar ehtiyotkor yondashuvni talab qilishini» ta’kidladi.

Kiritildi: 22:05 16.11.2024. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!