Hujumchi Neymar sentyabr oyidagi yig‘inga Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatidan o‘rin olmadi. "Selesao" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning yo‘qligini uning sog‘lig‘idagi muammolar bilan izohladi. Biroq futbolchi murabbiyga qarshi chiqmoqda.
"Menda yaqinlashtiruvchi mushak shishi bor edi, lekin jiddiy hech narsa yo‘q, men hatto bugun o‘ynadim. O‘ylashimcha, meni Braziliya terma jamoasiga texnik sabablarga ko‘ra olishmagan. Bu mening jismoniy holatim bilan bog‘liq deb o‘ylamayman," - dedi Neymar "Fluminense" bilan o‘yindan keyin.
Braziliya terma jamoasi allaqachon jahon chempionati - 2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Turnir uchta davlatda - AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.