Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Netflix “The Squid Game”ga asoslangan realiti-shou tizerini taqdim etdi

Netflix “The Squid Game”ga asoslangan realiti-shou tizerini taqdim etdi

Realiti-shou premerasi 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shouda 456 nafar o‘yinchi 4,56 million dollar yutib olish uchun kurash olib boradi.

Netflix striming xizmati o‘zining YouTube kanalida “The Squid Game” seriali asosidagi “Squid Game: The Challenge” realiti-shousi tizerini taqdim etdi.

“456 nafar real odam 4,56 million dollarga nima qiladi?” deb yozilgan videoning tagida. Realiti-shou premerasi 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Netflix 2022-yilning yozida realiti-shou ishtirokchilari yollanganini e’lon qilgandi. 2023-yil boshida tanlovdan chetlatilgan ishtirokchilar Variety and Rolling Stone nashriga suratga olish paytidagi og‘ir sharoitlar haqida gapirdi. Unga ko‘ra, vaziyat ba’zi ishtirokchilarning jarayonda hushidan ketishiga sabab bo‘lgan

Shuningdek, tanlovdan chetlashtirilgan ishtirokchilar shou tashkilotchilarini tanlovni soxtalashtirishda ayblab, suratga olishda blogerlar va ta’sir o‘tkazuvchilar ishtirok etganini, ularning fikricha, keyingi bosqichlarga o‘tish uchun tashkilotchilar tomonidan oldindan tanlanganini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:26 23.09.2023. O'qildi: 2225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!