Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Netanyaxu: "Tramp Eronga "juda kuchli" bosim o‘tkazmoqda"

Netanyaxu: "Tramp Eronga "juda kuchli" bosim o‘tkazmoqda"

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga "juda kuchli" iqtisodiy va harbiy bosim o‘tkazayotganini aytdi.

Netanyaxu bu haqda ijtimoiy tarmoqdag‘i videomurojaatida yaqinda Tramp bilan telefon orqali suhbatlashganini ta’kidlab o‘tdi.

"Men sizga Yaqin Sharq qiyofasini o‘zgartirishga va’da bergan edim va biz aynan shunday qilyapmiz. Avvalo, Eron. Men Prezident Tramp bilan ajoyib suhbatlashdim. U Eronga juda kuchli bosim o‘tkazmoqda - ham iqtisodiy, ham harbiy. Biz to‘liq muvofiqlashtirilgan holda harakat qilyapmiz", deb ta’kidladi Netanyaxu.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Livanga ham shunga o‘xshash yondashuv qo‘llanilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Livan bilan "tarixiy tinchlik" jarayonini boshlagan, ammo Hizbulloh radikal guruhi "uni buzishga harakat qilmoqda".

"Biz har qanday tahdidga qarshi to‘liq harakat erkinligini saqlab qolamiz. Biz kecha hujum qildik va bugun ham hujum qilmoqdamiz. Biz Shimoliy Isroil xalqining xavfsizligini tiklashga qat’iy qaror qilganmiz", deb ta’kidladi Netanyaxu.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!