Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harbiylar bilan yig‘ilishda so‘z olib, mintaqadagi vaziyat haqida gapirdi. Unda Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas va bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir ham qatnashdi.
Netanyaxu yig‘ilish davomida Eron masalasiga to‘xtaldi. U Tehronni yahudiy davlatiga qarshi o‘tgan asrdagi urushlarning asosida yotgan pan-arab mafkurasidan ham xavfliroq tahdid deb atadi.
"Ular bizni mahv etish maqsadi bilan uch yo‘lni barpo qildilar. Birinchisi bo‘g‘uvchi halqa bo‘lib, Isroil atrofida turli kuchlardan iborat ittifoq tuzishdir. Ikkinchisi tahdid – raketalar orqali yo‘q qilish rejasi. Uchinchisi esa yadroviy qurollardir. Biroq biz ularning asosiy nishoni emasmiz. Lekin o‘z maqsadlariga erishish uchun ular bizni yo‘q qilishlari kerak. Isroilni yo‘q qilmasdan Yaqin Sharqni zabt etib bo‘lmaydi. Agar Isroil yo‘q bo‘lsa – mintaqa ko‘p o‘tmay vayron bo‘ladi", degan Netanyaxu.