Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu Isroilda saylovlarni ertaroqqa ko‘chirmoqchi

Netanyaxu Isroilda saylovlarni ertaroqqa ko‘chirmoqchi

Isroil Bosh vaziri 2026 yilgi saylovlarni siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun noyabrdan iyunga surishni ko‘rib chiqmoqda.

Isroil qonunchiligiga ko‘ra, hukumat bosh vazir tavsiyasiga ko‘ra parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylov e’lon qilish huquqiga ega, biroq bunday qaror mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Xabarlarga ko‘ra, u saylovgacha Saudiya Arabistoni bilan ideal holatda normalizasiya bitimini tuzishga umid qilmoqda.

Shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bo‘lajak umumiy saylovlarda hukumat rahbari lavozimiga nomzod sifatida ishtirok etish niyatini e’lon qildi.

"Ha, men xalqning qo‘llab-quvvatlashi bilan g‘alaba qozonishimga ishonaman," - dedi Isroil hukumati rahbari Channel 12 telekanaliga o‘zining siyosiy rejalari va keyingi saylovlardagi ishtiroki haqidagi savolga javob berar ekan.

Kiritildi: 21:53 19.10.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!