Isroil Livan janubidagi bufer zonasida o‘zining harbiy mavqeini saqlab qolish niyatida va Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
"Biz Shimoliy Isroil aholisini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida Livan janubidagi xavfsizlik zonasida qolamiz. Isroil bosh vaziri sifatida men bu masala bo‘yicha qat’iy pozisiyaga egaman, bu hech narsa o‘zgarmaydi", deb ta’kidladi Netanyaxu.
U shuningdek, "diplomatik jabhadagi o‘zgarishlar"dan qat’i nazar, "Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini" ta’kidladi.