Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Netanyaxu: "Harbiy harakatlarning qayta boshlanishini kutmoqdamiz"

Netanyaxu: "Harbiy harakatlarning qayta boshlanishini kutmoqdamiz"

Isroil va Qo‘shma Shtatlar Eron borasida bir xil maqsadlarga ega.

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

"Amerikalik do‘stlarimiz bizni Eron bilan bog‘liq voqealar haqida xabardor qilib turishibdi. Isroil va Qo‘shma Shtatlarning maqsadlari bir xil: biz boyitilgan uranni Erondan olib tashlashni, Tehronning uranni boyitish imkoniyatlaridan voz kechishini va, albatta, bo‘g‘ozlarning ochiq qolishini istaymiz.

Bu voqea qanday tugashini yoki hatto qanday rivojlanishini aytishga hali erta. Biz har qanday ssenariyga tayyormiz, harbiy harakatlarning qayta boshlanishini kutmoqdamiz", dedi Netanyaxu o‘zining videomurojaatida.

Kiritildi: 11:10 16.04.2026. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik