«(Netanyaxu) Isroil va bolalarimizning kelajagini shaxsiy sud jarayoniga bog‘lab qo‘ymoqda», — dedi Knessetdagi Demokratik partiya vakili Naama Lazimi.
Uning ta’kidlashicha, bosh vazir o‘z ayblovlarini siyosiy kelishuvga va urushni to‘xtatishga almashtirishga harakat qilgani bilan bu lavozimga loyiq emasligini ko‘rsatdi.
Demokratik partiya vakili Gilad Kariv esa Netanyaxu va uning atrofidagilarni Isroil milliy xavfsizligi va asirlar masalasi bilan "o‘ynash" orqali suddan qutulishga harakat qilganlikda aybladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham Netanyaxuga qarshi korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayonini bekor qilishga chaqirgan edi.