Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu: G‘azo hujumi "boshlanishi"

 Netanyaxu: G‘azo hujumi "boshlanishi"

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektorining yangi bombardimon qilinishi “boshi” ekanligini aytib, endi muzokaralar janglarni to‘xtatmasdan olib borilishini qo‘shimcha qildi.

“Bu faqat boshlanishi. Bundan buyon biz Hamasga qarshi shiddat bilan harakat qilamiz, faqat otishma ostida muzokaralar olib boramiz va urushning barcha maqsadlariga erishish uchun kurashni davom ettiramiz”, dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxu telemurojaatida Isroil garovga olinganlarni ozod qilishda muvaffaqiyatga erishmaganiga qaramay, sulhga rioya qilishda davom etganini aytdi. “Biz Dohaga delegasiyalar yubordik va AQSh maxsus elchisi Stiv Vitkoffning taklifini qabul qildik, biroq XAMAS barcha takliflarni rad etdi”, — dedi bosh vazir.

O‘t ochishni to‘xtatishning birinchi bosqichi 1-mart kuni yakunlandi, Netanyaxu urushni to‘xtatish va G‘azodan to‘liq chiqib ketishni talab qilgan ikkinchi bosqichga kirishdan bosh tortdi.

Isroil armiyasi seshanba kuni Falastin anklaviga yirik zarbalar berib, 19-yanvardan beri amalda bo‘lgan sulhni buzdi. Falastin rasmiylariga ko‘ra, kamida 412 kishi halok bo‘lgan, 560 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Avvalroq OAV Vitkoff tomonlarga 50 kunlik sulh evaziga garovga olingan besh nafar isroillikni ozod etish, falastinlik asirlarni ozod qilish va G‘azoga gumanitar yordamni yetkazishni o‘z ichiga olgan yangilangan o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Biroq Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS taklif qilingan shartlarga rozi bo‘lmagan, bu esa jangovar harakatlarni qayta boshlashga sabab bo‘lgan.

Isroillik tahlilchilar keskinlashuvni nafaqat harbiy maqsadlar, balki Isroildagi siyosiy vaziyat bilan ham bog‘lashadi. Yangilangan zarbalar Netanyaxuga milliy xavfsizlik vaziri Itmar Ben-Gvirni, o‘ta o‘ngchi “Yahudiy kuchi” bloki avvalroq hukumatni tark etish bilan tahdid qilgan, hukmron koalisiyaga qaytarishga yordam berdi. Bu mart oyi oxirigacha qabul qilinishi kerak bo‘lgan 2025 yilgi byudjetni qo‘llab-quvvatladi.

2023-yil oktyabr oyidan buyon G‘azoda 48,5 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalardir, 112 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 14:30 19.03.2025. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!