Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Netanyahu Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

Netanyahu Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu “tinchlikni mustahkamlab borayotgani” uchun AQSh prezidenti Donald Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Netanyahu bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan kechki ovqat chog‘ida ma’lum qildi.

Isroil bosh vaziri G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning iloji boricha tezroq yakunlanishini istayotganini ham aytib o‘tdi. Netanyahu Oq uydagi uchrashuvda Nobel qo‘mitasiga yuborilgan maktub nusxasini Trampga topshirdi.

Avvalroq Trampni Nobel mukofotiga Pokiston ham nomzod qilib ko‘rsatgan edi. 10 may kuni ushbu davlat rasmiylari AQSh vositachiligida Hindiston bilan bir necha kun davom etgan qurolli mojaroni to‘xtatish borasida kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Islomobod Trampning nomzodini ilgari surar ekan, uning “qat’iy diplomatik aralashuvi va muhim yetakchilik rolini” alohida ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 12:59 08.07.2025. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!