Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Nepalda yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Nepalda yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi


Saurya Airlines aviakompaniyasining samolyoti Katmandudagi Tribxuvan xalqaro aeroportida havoga ko‘tarilayotganda halokatga uchradi. Bu haqda Ndtv xabar bermoqda.

Samolyot bortida 19 kishi, jumladan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Samolyot qulaganidan keyin 18 kishi halok bo‘lgan deb e’lon qilindi. Rasmiylar voqea joyida qidiruv-qutqaruv operasiyasini boshladi.

Saurya Airlines aviakompaniyasining samolyoti Himoloy respublikasining sayyohlik markazi Pokhara shahriga uchayotgan edi.

Samolyot kapitani Manish Shakya vayronalar ostidan qutqarib olindi va shifoxonaga yetkazildi.

Kiritildi: 17:18 24.07.2024. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!