Ozodlik haykali Fransiyaning AQShga Mustaqillik Deklarasiyasining yuz yilligi munosabati bilan sovg‘asi bo‘lgan. Fransuzlar haykalning o‘zini, amerikaliklar esa uning tagidagi asosni o‘rnatishi zarur bo‘lgan.
1876 yilga kelib bu vazifalarning ikkalasini ham o‘z vaqtida yakunlashning iloji bo‘lmagan va xayriya mablag‘lari ham sekin yig‘ilgan. Fransiyada haykalning mash’ala tutgan qo‘li tayyor bo‘lgan va uni reklama qilish uchun Filadelfiyadagi Butunjahon ko‘rgazmasiga olib kelishadi va ko‘rgazmadan keyin u Nyu-Yorkka ko‘chiriladi. Tashrif buyurganlarga esa to‘lov evaziga mash’ala balkoniga ko‘tarilish imkoni beriladi.
Faqat o‘n yil o‘tgach, poydevor qurib bitkazilgan va Ozodlik haykali hozirgi o‘rnini egallagan.