Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Nega dunyodagi eng yaxshi shifoxonalar AQSh va Germaniyada?

Nega dunyodagi eng yaxshi shifoxonalar AQSh va Germaniyada?

Newsweek jurnali tibbiy texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanadigan dunyodagi 350 kasalxonaning reytingini e’lon qildi.

Dunyoning eng yaxshi o‘nta tibbiyot markazlari qanday ko‘rinishga ega:

1. Cleveland Clinic - Klivlend, AQSh

2. Mayo Clinic - Rochester, AQSh

3. Johns Hopkins Hospital - AQSh

4. Massachusetts General Hospital - Boston, AQSh

5. Memorial Sloan Kettering Cancer Center - Nyu-York, AQSh

6. Mount Sinai Hospital - Nyu-York, AQSh

7. MD Anderson Cancer Center - Xyuston, AQSh

8. Charité Universitätsmedizin Berlin - Berlin, Germaniya

9. Houston Methodist Hospital - Xyuston, AQSh

10. Medical Center Shiba - Ramat Gan, Isroil.

Boshqa innovasiyalar qatorida ushbu shifoxonalarda raqamli radiologiya (kompyuter texnologiyalari yordamida ichki organlarning tasvirini olish), shuningdek, tashxisni aniqroq va bemorning ahvoliga mos keladigan davolashni amalga oshiradigan sun’iy intellekt va robototexnikadan keng foydalaniladi.

Hammasi bo‘lib Newsweek jurnali 28 mamlakatda yangi tibbiy texnologiyalardan foydalanishda ustun bo‘lgan 350 kasalxonani tanlab oldi.

AQShda 104 ta shunday shifoxona mavjud

Germaniyada - 27

Buyuk Britaniyada - 22

Italiyada - 21

Fransiyada - 20

Ispaniyada - 15

Janubiy Koreyada - 15

Isroilda - 5

Finlyandiyada - 5

Norvegiyada - 5

Saudiya Arabistonida – 4

BAAda - 3

Livanda - 1.

Kiritildi: 19:12 19.09.2024. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!