Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Neft narxi oshishi Rossiya uchun qo‘shimcha 40 milliard dollargacha daromad

Neft narxi oshishi Rossiya uchun qo‘shimcha 40 milliard dollargacha daromad

Neft narxi yil davomida yuqori darajada qolsa, Rossiya uni sotishdan qo‘shimcha 40 milliard dollargacha daromad olishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg.

Bu haqda agentlik bir nechta Yevropa hukumatlarining tahliliy ma’lumotlariga tayanib yozmoqda.

Agar AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy mojaro tez orada yakunlanib, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilsa va neft narxi uch oy ichida avvalgi qiymatlariga qaytsa, unda Rossiyaning neft sotishdan oladigan qo‘shimcha daromadlari 10 milliard dollargachani tashkil etadi.

Bundan tashqari, Moskva suyultirilgan tabiiy gaz, qimmatlashgan alyuminiy va o‘g‘itlar sotuvidan ham foyda ko‘rishi mumkin.

Avvalroq AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi fonida Rossiya neftining sotilishi mamlakatga 2 milliard dollardan ortiq bo‘lmagan qo‘shimcha mablag‘ keltirishini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:34. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!