Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda YPX xodimiga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi

Navoiyda YPX xodimiga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi

Navoiy viloyati YPX katta inspektori O. Safarov 24 yanvarda Qiziltepa tumani hududida o‘tkazilayotgan avtoreyd vaqtida “Oq oltin” mahallasida  “Damas” rusumli avtomobil haydovchisining hujjatlarini tekshiradi.

Haydovchi I.J.ning yonida avtomashinani boshqarishga oid hujjatlari bo‘lmaganligi sababli, fuqaro I.J.ga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Muloqot jarayonida haydovchi I.J. javobgarlikdan qochish maqsadida inspektor O. Safarovga 500 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kuni soat 19:15 larda fuqaro I.J., YPX katta inspektori O.Safarovga 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Kiritildi: 11:20 26.01.2020. O'qildi: 1971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!