Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Navoiyda rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda viloyatning Karmana tumani Yo‘l-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazdi, bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Daryo ga ma’lum qildi.

Tadbir davomida rangli metallarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq bo‘lgan navbatdagi holatga chek qo‘yildi. Ya’ni, Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro S.K boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda hech qanday hujjatlarsiz, umumiy qiymati 4,5 million so‘mlik, jami 2915 kilogramm qo‘rg‘oshin (avval foydalanishda bo‘lgan akkumulatorlar) rangli metall parchalarini borligi aniqlandi.

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2018 yil 6 iyundagi 425-son qarori bilan jismoniy shaxslar tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha rangli metallar parchalari va chiqindilarini O‘zikkilamchiranglimetall aksionerlik jamiyati va uning tarkibiy tuzilmalarining maxsus qabul punktlariga topshirishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 20:06 15.04.2019. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!