Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Navoiyda rahbar ayol fojiasi: er xotinini nega o‘ldirganini aytdi (video)

Navoiyda rahbar ayol fojiasi: er xotinini nega o‘ldirganini aytdi (video)

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mudhish qotillik sodir etilgani, tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbari Madina Otaniyozova o‘z eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.

«Sevimli» kanalining «Zamon» informasion-tahliliy dasturida qotillik tafsilotlariga oydinlik kiritildi.

Qayd etilishicha, marhuma 6 sentyabrda yaxshi kayfiyatda ishdan qaytadi. Qiziga kitob sovg‘a qiladi, ustini almashtirib chiqishini aytib, yotoqxonaga kiradi. Biroz vaqtdan so‘ng yotoqxonadan baqir-chaqir ovozi eshitiladi.

10 yoshli qiz otasining doimgidek onasidan pul talab qilishga kelganini payqab, qo‘shnilarni yordamga chaqirish uchun ko‘chaga chiqadi.

U qaytganida esa onasi qonga belanib, suv so‘rab jon berayotgan edi, deyiladi reportajda.

«Kelganimda onam suv-suv deb baqirardi. Keyin ko‘zlari ochiq qoldi, yumilmadi, lablari ko‘karib, gapirmay qoldi», — deydi marhumaning qizi.

«Ikki oycha oldin kelganimda eri bilan birga yashardi. Keyin umuman ko‘rmadim erini men. Qizimning erini shu holga keltirishini tasavvur ham qilolmayman», — deydi marhumaning onasi.

Voqea joyiga kelgan qo‘shnilar darhol tez yordam va ichki ishlar xodimlarini chaqirgan.

«Biroq endi kech edi. Shu kuni uyning orqa devoridan ayolning yotoqxonasiga kirgan va unga 17 marta pichoq urgan qotil uning eri Shavkat Raimov edi», — deyiladi reportajda.

Shavkat Raimov qotillikni sodir etgach, uydagi shkaf tortmasidan pullarni olib, voqea joyidan qochib ketgan.

«Kelishmay qolgandik. U bilan gaplashib olmoqchi edim. Yaxshi gaplashmagani uchun shunday qildim. Qilgan ishimdan pushaymonman», — deydi Shavkat Raimov.

Mudhish qotillik sodir etilgan mahallada 200 dan ortiq fuqaro ishtirokida jinoyat muhokama etildi. Unda so‘zga chiqqanlar marhumani mas’uliyatli rahbar, irodali ayol sifatida yodga oldi.

«Arzimagan oilaviy nizo tufayli bugun ikki farzand onasiz qoldi. Marhumaning farzandlarini mahalla faollari qaramog‘iga olish istagini bildirdi», — deyiladi reportajda.

Holat bo‘yicha jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:54 12.09.2019. O'qildi: 11945 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!