Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiyda jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Navoiyda jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Tavakkalchilik asosida boshlangan o‘yinning yakuni taxmin qilingan xulosani bermadi. Ya’ni, dastavval 54 yoshli fuqaro o‘z xonadonida qulay sharoit yaratib, soatiga 50 ming so‘mdan olishni, shu orada esa, o‘zi ham o‘yinga qo‘shilib, daromad qilishni rejalashtirgan. Avvaliga barchasi me’yorida ketayotgan edi. Navoiy viloyati IIB JQB hamda Qiziltepa tumani IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur fuqaroning qing‘ir orzu-xayollari chippakka chiqdi.

O‘yin davomida qimorbozlardan davraga tikilgan jami 3 million 617 ming so‘m pullar va 3 quti o‘yin qartalari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Turli yosh va turli hududdan birlashgan guruhning qilmishlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda

Kiritildi: 10:01 29.09.2022. O'qildi: 1712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!