Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda fuqaroni 260 000 000 so‘m pulga «uxlatib» ketishdi

Navoiyda fuqaroni 260 000 000 so‘m pulga «uxlatib» ketishdi

2020 yil 18 fevral kuni IIV huzuridagi Tergov departamenti Navoiy viloyati Navoiy shahar IIBga 26 yoshli M.K. ariza bilan murojaat qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, u arizasida MCHJ rahbari 32 yoshli F.E. birgalikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif qilib, 2019 yil sentyabr oyida undan 260 000 000 so‘m pul mablag‘larini olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 11:40 22.02.2020. O'qildi: 1711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!