Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda daryodan erkak kishining jasadi topildi

Navoiyda daryodan erkak kishining jasadi topildi

2020 yilning 15 iyul kuni taxminan soat 10:30lar atrofida Karmana tumani “Kattamachit” MFYda joylashgan Navoiy IESga qarashli suv o‘tqazish to‘g‘oni oldida joylashgan suv o‘tqazish joyining oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosi ichidan taxminan yoshi 40-45 lardagi, erkak jinsidagi noma’lum shaxs murdasi aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu noma’lum shaxsning murdasi 1975 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Dabusiya” mahallasida yashovchi T.Yga tegishli ekanligi aniqlandi. 2020 yilning

12 iyul kuni soat taxminan 20:00 larda, fuqaro O.D ga tegishli bo‘lgan Karmana tumani “Ko‘xna-qo‘rg‘on” MFY “Ustashirin” ko‘chasida qayni ukasi F.P  hamda qizi M.G bilan birgalikda oldindan jinoiy til biriktirib, T.Y bilan  o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida H.R va F.P T.Yning tanasining turli qismlariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jaroxati yetkazishadi, H.R T.Yning bo‘yin qismidan oyog‘i bilan bosib, uni xushsiz holatga keltirgan, kech soat 01:00 larda T.Yning o‘lganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortishib, “Ko‘xna-qo‘rg‘on” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosiga oqizib yuborishadi.

“Mazkur qotillik hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi kerak. Respublikamizda davom etayotgan epidemik vaziyatda bu kabi murosasizlik kimningdir hayotdan ko‘z yumushi bilan yakun topishi juda ayanchli va tashvishli holat. Yuqoridagi kabi holatlarga sabab bo‘layotgan arzimagan tortishuv va kelishmovchiliklarga barham berish lozim, chunki inson hayotga bir marotaba keladi. Uni xayrli amalllar bilan o‘tkazish ham, jinoyat yo‘liga kirib o‘zini badnom qilish ham uning o‘ziga bog‘liq. Viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlarining aniq va tezkorligi sabab mazkur jinoyat ochildi. Aybdorlar qonunda belgilangan tartibda albatta jazosini oladi”, – deya fikr bildirdi holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik I.Tillayev  

Kiritildi: 14:48 16.07.2020. O'qildi: 3303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!