O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Navbahor"ni tark etdi. U bu haqda o‘z Instagram sahifasida xabar berdi.
"Chiroyli 3 yil uchun rahmat. Siz aziz muxlislar oldida futbol o‘ynash ham doim yoqimli bo‘lgan", - deb yozgan 31 yoshli yarim himoyachi.
Iskanderov "lochinlar" safida jami 102 ta o‘yinda 24 ta gol urib, 25 ta assist berdi.