NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen RND nashriga bergan intervyusida Ukrainani alyansga bosqichma-bosqich qabul qilish mumkinligini aytdi.
"Bularning barchasi, albatta, qiyin va oxir-oqibat, hammasi Ukraina qarorlariga bog‘liq bo‘ladi, lekin har holda, bu imkonsiz emas", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Rasmussen fikricha, bu butun Yevropaga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.