"NATO ruslardan tezroq bo‘la olmaydi", deb tan oldi AQSh armiyasining Yevropadagi sobiq qo‘mondoni Ben Xodjs The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans harbiy harakatchanlik bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirmoqda.
"Muhim nuqtaga erishish uchun ruslardan tezroq bo‘lish samarali to‘sqinlik qilish uchun muhim bo‘lgan yagona ko‘rsatkichdir. Ammo biz hali ham buni uddalay olmayapmiz”, dedi general-leytenant.
Harbiy ekspertlarning ta’kidlashicha, NATO armiyasi "qayta qurishga muhtoj". Shuning uchun ittifoq quruqlikdagi doimiy qo‘shinlarni yaratishga shoshilmayapti.