Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO Rossiyani qoraladi

NATO Rossiyani qoraladi

NATO Rossiyaning Qora dengizdagi don kemasiga raketa zarbasini qoraladi.

NATO payshanba kuni Ukrainadan Qora dengiz orqali Misrga bug‘doy olib ketayotgan fuqarolik don kemasiga Rossiyaning raketa hujumini keskin qoralaganini bildirdi.

«Bunday hujumlarni oqlab bo‘lmaydi. Kechagi zarba yana bir bor Rossiya urushining beparvoligini ko‘rsatdi», - dedi NATO matbuot kotibi Farah Daxlallah.

Ruminiya ham Rossiyaning savdo kemasini o‘qqa tutganini keskin qoraladi. Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujumni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida “misli ko‘rilmagan keskinlashuvi" deb baholadi va buni «xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi» deb atadi.

Rossiya "Ukraina infratuzilmasi va don tashuvchi kemalarni muntazam bombardimon qilish bilan global oziq-ovqat ta’minoti xavfsizligini xavf ostiga qo‘ydi", deya qo‘shimcha qildi vazirlik. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Kiritildi: 17:48 15.09.2024. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!