Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

NATO: Rossiya Ukrainada kuniga taxminan 1270 kishi yo‘qotmoqda

NATO: Rossiya Ukrainada kuniga taxminan 1270 kishi yo‘qotmoqda

NATOning ma’lum qilishicha, Rossiya Ukrainada kuniga taxminan 1270 kishi yo‘qotmoqda.

"Sentyabr oyida har kuni Rossiya armiyasining o‘rtacha 1271 askari halok bo‘ldi yoki yaralandi", deya ma’lum qildi alyansning yuqori martabali rasmiysi Bryusseldagi brifingda. Bu Rossiyaning Ukrainada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlaganidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich: may oyida NATO kuniga 1000 ta askar qurbon bo‘layotganini aytgandi. Harbiy ekspertlar Rossiya yo‘qotishlarining ko‘payishini Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatiga kirib borishi va butun front bo‘ylab janglarning kuchayishi bilan bog‘lashmoqda.

"Shu bilan birga, Rossiya hali ham oyiga 30 ming kishi yollab, Qurolli Kuchlarininn yuqori yo‘qotishlari o‘rnini to‘ldirishga muvaffaq bo‘lmoqda", deya aniqlik kiritdi rasmiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasiga askarlarning tayyorgarligi pastligi, ofiserlarning yetishmasligi, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshilik ko‘rsatayotgani va Ukrainaga G‘arb qurollari yetkazib berilayotgani to‘sqinlik qilmoqda va Rossiya yangi safarbarlik e’lon qilinmasdan turib, katta yutuqqa erishishi ehtimoli past.

Biroq, Rossiya Federasiyasi hozir ham askarlar, o‘q-dorilar va jihozlar soni bo‘yicha ustunlikka ega. NATO hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi oyiga 250 mingga yaqin, ya’ni yiliga 3 millionga yaqin snaryad ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, Eron uni 300 mingga yaqin snaryadlar bilan ta’minlagan.

Kiritildi: Bugun 10:07. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!