Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

NATO'ning to‘qqizta davlati Steadfast Dart-25 nomli harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

NATO'ning to‘qqizta davlati Steadfast Dart-25 nomli harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi

13 yanvardan 26 fevralgacha o‘tkaziladigan mashg‘ulot alyansning sharqiy qanotida yuzaga kelgan "qurolli tahdid" sharoitida kuchlarni tezkor joylashtirish qobiliyatini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Italiyada joylashgan Ittifoqdoshlar javob kuchlari qo‘mondonligining (ARF) ma’lum qiishicha, mashg‘ulot alyansning sharqiy qanotini himoya qilish uchun o‘z kuchlarini tezkor joylashtirish qobiliyatini namoyish qiladi. Mashg‘ulot davomida kuchlarni tezkor joylashtirishga tayyorgarlik "teng kuchli raqib bilan to‘qnashuv ssenariysi" asosida tekshirilishi ma’lum qilindi.

Steadfast Dart-25 mashg‘ulotida NATO'ga a’zo to‘qqizta davlatdan taxminan o‘n ming nafar harbiy, jumladan, havo, quruqlik, dengiz va maxsus kuchlar askarlari qatnashadi. Mashqlar Ruminiya, Bolgariya va Gresiya hududlarida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 13:36 13.01.2025. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!