Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

NATO davlatlari "so‘nggi daqiqada" alyansning Vilnyusdagi sammiti oldidan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishib olishga harakat qilmoqda — Politico

A A A
NATO davlatlari "so‘nggi daqiqada" alyansning Vilnyusdagi sammiti oldidan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishib olishga harakat qilmoqda — Politico

NATO davlatlari 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan alyans sammiti uchun tegishli deklarasiyani tayyorlashga “so‘nggi daqiqada” vaqt topish maqsadida Ukraina xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi Politico.

Nashrning yozishicha, muzokaralardan maqsad Ukrainaga uzoq muddatda yakka tartibda doimiy harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan davlatlar guruhini yaratishdan iborat.

“Aslida, bu Ukrainaga biz ularning qurolli kuchlarini jihozlashimiz, moliyalashtirishimiz, ularga juda uzoq vaqt davomida maslahat berishimiz va o‘qitishimiz uchun kafolatdir. Bu kelajakdagi Ukrainaga qarshi har qanday tajovuzdan to‘xtatuvchi omil bo‘ladi”, — deb tushuntirdi yuqori martabali diplomat.

Bir necha haftadan beri davom etayotgan muzokaralarda AQSH, Britaniya, Fransiya va Germaniya ishtirok etmoqda, deya xabar beradi Politico manbalari.

Kiritildi: 12:59 10.07.2023. O'qildi: 1812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!