TASS xabariga ko‘ra, NATOga a’zo davlatlar Ukrainaga yilning dastlabki uch oyida jami 21 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan.
Bu haqda Alyans Bosh kotibi Mark Ryutte chorshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.