Shimoliy Atlantika alyansi Buyuk Britaniyaning havo mudofaasi holatidan xavotirda.
Bu haqda The Sunday Times o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
"Buyuk Britaniyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi juda zaifligining sababi shundaki, 30 yil davomida hech kim uning kerak bo‘lishini o‘ylamagan," - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, bu borada mamlakat hududidagi harbiy ob’ektlar, shuningdek, xorijdagi bazalar ehtimoliy raqiblar uchun oson nishonga aylanishi mumkin.