Bu haqda Newsweek xabar bermoqda.
Markaz mamlakat shimolidagi Serreys shahrida joylashgan bo‘lib, Buyuk Britaniya, AQSh va Niderlandiyaning desant kuchlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
«Biz inqiroz yoki urush yuz bergan taqdirda Norvegiya, Shimoliy mintaqa va NATOni himoya qilish uchun birgalikda mashq qilishimiz kerak», dedi mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari.
Norvegiya o‘zining havo-desant qo‘shinlari yo‘qligiga qaramay, mintaqada asosiy armiya bo‘linmalari va maxsus kuchlarini joylashtirmoqda.