Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

NATO alyans davlatlari bilan qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Rossiya hududiga “yuqori aniqlikdagi zarbalar” berishni muhokama qilmoqda

NATO alyans davlatlari bilan qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Rossiya hududiga “yuqori aniqlikdagi zarbalar” berishni muhokama qilmoqda

Bu haqda NATO harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer Bryusseldagi anjumanda aytib o‘tdi.

Bauer NATO'ning mudofaa ittifoqi sifatidagi mohiyatiga munosabat o‘zgarganini "ijobiy" deb atadi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, "dushman tomonidan hujum qilinmaguncha kutish va shundan keyingina munosabat bildirish kerak" degan tushuncha o‘zgargan.

"Ruslar bizga hujum qilsa, kutish emas, balki Rossiyadagi raketa uchirish moslamalarini yo‘q qilishimiz afzalroqdir. Bizga hujum qilish uchun ishlatiladigan tizimlarni ishdan chiqaradigan aniq zarbalar kombinasiyasi kerak va biz birinchi bo‘lib zarba berishimiz zarur", — deya ta’kidladi qo‘mita rahbari.

Bauerning qo‘shimcha qilishicha, NATO endi o‘zining tugab borayotgan qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirishi, havo hujumidan mudofaa va aniq zarba berish tizimlariga sarmoya kiritishi kerak.

Kiritildi: Bugun 02:41. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!