«Paxtakor» markaziy stadionida o‘tkazilgan ushbu bahsda hisob ochilmadi. Natijada «Navbahor» ochko yo‘qotdi va jadvalning ikkinchi pog‘onasida 18 ochko jamg‘argan holda qoldi. «Paxtakor» esa 16 ochko bilan 6-o‘ringa joylashdi.
Shuningdek, bu turda chempionat peshqadami «Nasaf» safarda «So‘g‘diyona»ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 18-daqiqasida Lyupcho Doriyev «Nasaf» jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Bahs davomida Qarshi shahri klubi bir qator vaziyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, hisobni tenglashtira olmadi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «So‘g‘diyona» Superliga turnir jadvalida 17 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Nasaf» esa garchi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, 19 ochko bilan karvonboshilikni boy bermadi.
Bugun, 17 iyun kuni Toshkentda «Lokomotiv» – «Dinamo» jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadigan bu uchrashuv 11-turni yakunlab beradi.