Bugun 5 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Qo‘shni davlatga o‘tish uchun "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida hatti-xarakatlarida shubha paydo bo‘lganligi sababli bojxona xodimi belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Natijada, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yozma ravishda deklarasiyalanmagan 670 000 Rossiya rubli miqdoridagi xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi.

Kiritildi: 11:30 09.04.2024. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!