Ikki rakat namoz o‘qib, Allohdan mas’ud bo‘lishlarini so‘rab duo qilgach, «Bismillah» aytib «Robbana hablana min azvajina va zurriyyatina qurrota a’yunin vaj’alna lil-muttaqiyna imama». Ma’nosi: «Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko‘z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin!» (Furqon surasi, 74-oyat) oyatini o‘qib, zavjasi bilan birga bo‘lishdan oldin «Bismillahir rohmanir rohiym. Allohumma jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona ma rozaqtana». Ma’nosi: «Yo Alloh, shaytonni bizdan va bizga ato etganing farzanddan uzoqlashtir» (Imom Buxoriy. «Nikoh», 66) duosini o‘qiydi.