Namangan FVBning xabar berishicha, kecha, 9 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Namangan,Chodakda bugun kuchli yomg‘ir sabab yo‘llarni mana shunday suv bosibdi" mazmunida xabarlar tarqalgan.
Aniqlanishicha, 8 iyul kuni qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ko‘chalardan suv oqishi kuzatilgan va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan yomg‘ir suvlarini sel yo‘llariga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, bugun, 9 iyul kuni viloyatning Pop tumani, Chodak xududida yomg‘ir yog‘magan.