Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda tungi 03:00 da ayol bosqinchilarga duch keldi

Namanganda tungi 03:00 da ayol bosqinchilarga duch keldi

2021 yil 29 sentyabr kuni Mingbuloq tumanida yashovchi, 1991 y.t. ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 sentyabr kuni soat 03:00 larda Chortoq tumanida yo‘l chetida o‘tirgan vaqtida, oldiga Neksiya rusumli avtomashinasi kelib to‘xtab, avtomashinada bo‘lgan uch nafar notanish shaxslardan biri tushib, qo‘lida bo‘lgan 200.000 so‘m puli bo‘lgan sumkasini qo‘lidan tortib olib ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 y.t. A.X.ni boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasida birga kelayotgan sherigi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 y.t. X.I.lar sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:18 03.10.2021. O'qildi: 4659 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!